KAFEDRA TARKIBI
   Kafedrada bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan 14 ta, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha esa 8 ta fanlardan darslar olib boriladi.
    Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan lokomotivlardan foydalanish, ularning dinamikasi va ta’miri, ishonchliligi va diagnostikasi, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, sanoat issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi, tortuv hisoblari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida so‘nggi yillarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan. So‘nggi uch yilda kafedrada o‘qitilayotgan fanlardan 3 ta darslik va 5 ta o‘quv qo‘llanmalari o‘zbek tilida tayyorlanib, nashrga topshirildi.
    "Lokomotivlar va lokomotiv xo'jaligi" kafedrasi chet el oliygohlari bilan faol hamkorlikda. Bo'linmada, bugungi kunda kafedra talabalari magistratura va aspiranturani Peterburg davlat aloqa universiteti(PGUPS)da o'qishni davom ettirishmoqda. ( www.pgups.ru)

КАФЕДРА “ Локомотивлар ва локомотив хўжалиги ”
1.Ўтирганлар - чапдан ўнгга;
Аблялимов Олег Сергеевич- т.ф.н. доцент, Камалов Икром Саидакбарович-кафедра мудири, Жуленев Николай Владимирович-катта ўқитувчи
2.Орқа томонда турганлар - чапдан ўнгга;
Қосимов Ҳусан Рахматиллаевич-ассистент, Норбўтаева Моҳира Чори қизи-лаборант, Абдувахобов Муслимбек Элбек ўғли-кабинет мудири, Хамидов Отабек Рустамович-доцент в.б., Хисматулин Марат Ильдусович-ассистент, Валиев Муҳаммад Шералиевич-доцент, Қосимив Обиджон Тоиржонович-катта ўқитувчи
-Kafedra o'qituvchilari tarkibi-
Keyingilariga o`tish uchun chapga suring ">"