"Lokomotivlar va lokomotiv xo`jaligi" Kafedrasi tarixi

about-us.html

   “Lokomotivlar va lokomotiv xo'jaligi” kafedrasiga 1931 yilda institut bilan bir vaqtda tashkil etilgan “Paravozlar” va “Ta’mirlash zavodlari” kafedralari negizida asos solingan.
    “Paravozlar” kafedrasining birinchi mudiri t.f.n. A.A. Filippov bo‘lgan, 1934 yildan kafedraga V.I. Kolosovskiy, 1936 yildan 1966 yilgacha esa dots. M.G. Beskrovniy rahbarlik qilgan.
    “Ta’mirlash zavodlari” kafedrasining birinchi mudiri professor A.F. Troitskiy tayinlangan, 1949 yildan 1972 yilgacha dots. D.Ya. Perelman faoliyat yuritgan.
    1957 yildan “Paravozlar” kafedrasi “Harakat tarkibi”, “Ta’mirlash zavodlari” kafedrasi esa “Lokomotivlardan foydalanish va ta’mirlash” deb nomlangan.
    “Harakat tarkibi” kafedrasiga dotsentlar M.G. Beskrovniy, V.I. Nikitin, G.N. Strokov, 1970 yildan 1984 yilgacha t.f.d., professor A.D. Glushenko, 1984-1994 yillarda dotsent V.I. Kiselyovlar rahbarlik qilishgan. “Lokomotivlardan foydalanish va ta’mirlash” kafedrasini esa professor P.K. Kryuger, dotsentlar A.V. Tolkachyov, V.I. Nikitin, D.Ya. Perelman, N.K. Babaev, A.I. Rempel, A.D. Belenkiy, X.I. Nurxodjaev, B.Sh. Axmedovlar boshqarishgan.
    1995 yilda “Harakat tarkibi” va “Lokomotivlardan foydalanish va ta’mirlash” kafedralari birlashtirilib, “Lokomotivlar va elektr transporti” kafedrasiga aylantirilgan, kafedra mudiri lavozimida 1998 yilgacha dots. B.Sh. Axmedov faoliyat olib borgan.
    1999 yildan kafedra “Lokomotivlar” deb nomlangan. Kafedrani 2009 yilgacha dots. B.T. Fayziev, 2009 yildan 2011 yilgacha t.f.n. A.T. Djanikulov, prof. Sh.S. Fayzibaevlar, 2011 yildan 2014 yilgacha t.f.n. N.S. Zayniddinovlar boshqarishgan. 2014 yildan hozirgi kungacha kafedra mudiri lavozimida I.S.Kamalov faoliyat yuritmoqda. 2013 yildan kafedra “Lokomotivlar va lokomotiv xo'jaligi” deb nomlanadi.
    Kafedrada turli yillarda quyidagi olimlar va mutaxassislar faoliyat olib borishgan: M.A. Strusevich, A.M. Suxanov, L.M. Doroxin, G.N. Strokov, A.V. Tolkachev, D.V. Pistsov, B.I. Vilkevich, G.I. Markovin, S.D. Kuchuk, G.N. Muxitdinov, A.D. Glushenko, V.I. Kiselev, A.I. Rempel, A.D. Belenkiy, G.N. Xabibi, I.P. Gordeev, V.F. Buxteev, R.X. Alimbaev, E.N.Rijov, P.A. Fedotov, L.M. Drabkin, Ya.A. Norkin, Yu.I. Dyakov, L.F. Karpuxina, B.Sh. Axmedov, V.A. Arestov, M.M. Maxmudov, N.G. Maxbubov, E.K. Rashidov, Ya.K. Kurbanov, K.T. Tursunov, Sh.S. Fayzibaev, T. Abdusattarov, V.P. Sviyazev, X.I. Nurxodjaev, S.A. Arustamyan, E.S. Ushakov, B.T. Fayziev, Yu.D. Tadjiev, O.S. Ablyalimov, N.V. Julenyov va boshqalar.
    Hozirgi kunda kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda: kafedra mudiri Kamalov I.S., dotsent Ablyalimov O.S., dotsent Valiyev M.Sh., katta o‘qituvchilar Julenev N.V., Qosimov O.T. Djanikulov A.T., assistentlar Xismatulin M.I., Qosimov X.R.
    Kafedrada 5310600–Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (lokomotivlar) va 5111000–Kasb ta’limi (5310600–Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (lokomotivlar) ta’lim yo’nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, 5A310603-“Temir yo`l transporti (Lokomotivlar)” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.
    Kafedrada bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan 14 ta, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha esa 8 ta fanlardan darslar olib boriladi.
    Kafedrada talabalar uchun quyidagi to‘garakda ish olib borilmoqda:
    - Ablyalimov O.S. raxbarligida «Yosh ilmiy tadqiqotchi» to‘garagida izlanuvchan talabalar bilan ishlar olib borilmoqda. Ushbu to‘garakda 21 nafar bakalavriat va magistratura talabalari mavjud bo‘lib o‘z bilimini oshirib kelmoqdalar va izlanishlar natijalariga ko‘ra konferensiyalarda ishtirok etib, 3 ta maqola nashr etilgan.     “Lokomotivlar va lokomotiv xo`jaligi” kafedrasining Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kolleji, Toshkent shahridagi Yashnobod temir yo‘l kasb-hunar kolleji, Samarqand temir yo‘l kasb-hunar kolleji va Qo‘qon temir yo‘l kasb-hunar kolleji bilan hamkorlik shartnomalari mavjud.
    Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan lokomotivlardan foydalanish, ularning dinamikasi va ta’miri, ishonchliligi va diagnostikasi, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, sanoat issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi, tortuv hisoblari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida so‘nggi yillarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan. So‘nggi uch yilda kafedrada o‘qitilayotgan fanlardan 3 ta darslik va 5 ta o‘quv qo‘llanmalari o‘zbek tilida tayyorlanib, nashrga topshirildi.
    Kafedra o‘qituvchilari o‘quv jarayoni bilan bir davrda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, uning tarkibiy bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa korxonalari ehtiyojlaridan kelib chiqqan xolda xo'jalik shartnomalari asosida turli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirib kelishmoqda. Bu yo‘nalishda quyidagi tadqiqotlar amalga oshirilgan: 10D100 dizellari va ularni yig‘ish birliklarini foydalanishdagi ishonchliligini oshirish, TE10 turidagi teplovozlar tortuv elektr motorlarini ishonchliligini oshirish, teplovoz dizellarini texnik diagnostika qilishning qismlarga ajratmasdan amalga oshirish usullari va vositalarini ishlab chiqish, xarakat tarkibi asinxron tortuv elektr dvigatellarini kompleks diagnostika qilish metodikasini ishlab chiqish, teplovozlar yoqilg‘i sarfi me’yorlarini ishlab chiqish, Uz-EL elektrovozlarini joriy ta’mirlash texnologik jarayonini ishlab chiqish, TGM turidagi menevr teplovozlarini xizmat muddatini uzaytirish bilan ta’mirlash texnologiyasini ishlab chiqish va boshqalar.
    Kafedrada 7 ta fandan (6 ta bakalavriat va 1 ta magistratura) laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi. Laboratoriya ishlari kafedrada hamda kafedraning “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” UK dagi filialida olib boriladi.